most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:26
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Vadim Abramov: «Ketma-ket ikkinchi o'yinda yutqaza turib, vaziyatni o'nglay oldik» (+gollar videosi)
  31 May, 08:45  34

.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Vadim Abramov Tailandga qarshi kechgan nazorat uchrashuvidan (4:1) keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zimiz uchun etarli xulosalarni chiqardik, yoqimli va yoqimsiz holatlar bor. Ish jarayoni ketmoqda, raqib munosib harakat qildi. Umuman olganda hammasi yaxshi, issiq havoga ko'nikyapmiz.

Ayrim vaziyatlar ustida ishlashimiz kerak. Xursand qiladigan tomoni ketma-ket ikkinchi o'yinda yutqaza turib, vaziyatni o'nglashga erishdik. Biroq baribir to'p o'tkazib yuborayotganimiz xursand qilmayapti. Hozircha muammo shunda.

Menimcha, Singapur ham shu darajadagi jamoa. Tailandning bundan avvalgi o'yinini ko'rgandik. Raqibning ayrim jihatlarini o'rgandik va bundan foydalandik. Biroq bu o'yinga jiddiy qarash kerak emas. Rasmiy o'yinlarda butkul boshqacha bo'ladi", — dedi Vadim Abramov.

Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan nazorat o'yinida ishtirok etgan va 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.

O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichida Singapur (7 iyun), Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoniga (15 iyun) qarshi o'yinlar o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»