Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:55
KirishRo'yxatdan o'tish
Boks bo'yicha jahon chempioniga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
  25 Mart, 07:50  75

.

Engil vaznda jahon chempioni Jervonta Devis qamoqqa olinishi mumkin.

Bokschiga o'tgan yilning noyabr oyida sodir bo'lgan voqea sababli ayblov elon qilindi. O'shanda amerikalik sportchi Lamborghini Uris rusumli avtomashinasini boshqarib, qizil chiroqda o'tib ketgandi. Natijasida u Toyota Solara avtomobili bilan avariyani keltirib chiqardi. Hodisa natijasida to'rt kishi jarohat olgan, ammo aybdorning o'zi voqea joyidan g'oyib bo'lgan edi. Umuman olganda, Devisga ushbu ish bo'yicha 14 ta ayblov qo'yilgan.

“Amerikalik bokschining vaziyati avtofalokat paytida uning haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganligi sababli, uni boshqarish huquqiga ega bo'lmaganligi bilan yanada og'irlashadi. Agar Devis barcha ayblovlarda aybdor deb topilsa, uni 7 yil 55 kunlik qamoq jazosi kutmoqda. Ish sudga o'tdi, ammo sanasi hali elon qilinmadi” - deb xabar beradi BoxingScene.

Devis Floyd Meyvezer promouterlik kompaniyasining eng mashhur bokschilaridan biri hisoblanadi.



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»