15.09.2018, 17:00

Nesterov «Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni» sovrinini qabul qilib oldi


Kecha "Lokomotiv" jamoasi Superliganing 23-turi doirasida "Metallurg"ga qarshi safar bahsini o'tkazdi.

Ushbu uchrashuv boshlanishidan oldin "Lokomotiv" darvozaboni "Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni" sovrinini qabul qilib oldi.

"Lokomotiv" jamoasi posboni – Ignatiy Nesterov so'rovnoma yakunlariga ko'ra, eng ko'p ovoz to'plashga muvaffaq bo'ldi. Nesterovni 10 nafar murabbiy va sardor 1-pog'onaga loyiq ko'rishdi. Shuningdek, muxlislar o'rtasida tashkil etilgan so'rovnomada Nesterov Akbar To'raevdan so'ng 2-o'rindan joy oldi va qo'shimcha 4 ochkoga ega bo'ldi. Yakunda, Ignatiy Nesterov 51, Akbar To'raev 41 hamda Eldor Suyunov 39 ochko jamg'arishga erishdi.

Shu tariqa, Ignatiy Nesterov joriy yilgi mavsumda ilk bor oy laureatiga aylandi.

Читайте также:

Avgust oyining eng yaxshilari aniqlandi. Kim kimga ovoz berdi?

Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni – Ignatiy Nesterov

Ignatiy Nesterov bugun yubiley o'yinini o'tkazadi

Avgust oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz bering

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni. Kim qancha ochko to'pladi?