13.10.2018, 06:10

«Navbahor» yopiq eshiklar ortida mashg'ulot o'tkazdi


Namanganning “Navbahor” jamoasi “Buxoro” jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kecha namanganliklar “Markaziy” o'yingohda navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdilar.

Bunga qadar jamoa mashg'ulotlarini istagan muxlislar kuzatish imkoniga ega bo'lgandi. Kechagi mashg'ulot esa Andrey Kanchelskisning talabiga ko'ra yopiq eshiklar ostida o'tdi.

Ma'lumki, har qanday murabbiyning yashirin quroli bo'ladi. Aynan shundan kelib chiqqan holda kechagi mashg'ulotlar yopiq tarzda o'tkazilgan.

“Yuzaga kelgan noqulaylik uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Kelgusida ham ayrim mashg'ulotlar yopiq eshiklar ostida o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Ana shunday mashg'ulotlar haqida oldindan xabar berib boramiz”, deya yozadi "Navbahor" PFK matbuot xizmati.

Читайте также:

Kanchelskis ishga kirishdi

Beyl va Ramos mashg'ulotlarga qaytdi

«Navbahor» Toshkentga jo'nab ketdi

«Navbahor» «Bunyodkor»ga qarshi tayyorgarlikni boshladi

«Paxtakor» mashg'ulotlarga qaytdi