16.05.2019, 11:00

«Nasaf» – «Qo'qon-1912»: o'zaro o'yinlar tarixidan


Superligasi 9-tur doirasidan o'rin olgan “Nasaf” - “Qo'qon-1912” uchrashuvi 18 may kuni Qarshi shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi statistik ma'lumotlari bilan tanishtirib o'tamiz.

O'zaro o'yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 20 marta to'qnash kelishgan.
“Nasaf” o'yinlarning 13 tasida zafar quchgan, 4 ta bahsda vakillarimiz qo'li baland kelgan. Uchta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To'plar nisbati – 38-21, “Nasaf” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Ajdarlar” 42 ochkoni qo'lga kiritishgan. “Qo'qon-1912” ochkosi 15 tani tashkil etadi.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01. 11. 2018. Nasaf – Qo'qon-1912 - 1:1
23. 07. 2018. Nasaf – Qo'qon-1912 - 1:0
06. 08. 2017. Nasaf – Qo'qon-1912 - 3:0
15. 04. 2016. Nasaf – Qo'qon-1912 - 1:0
02. 04. 2015. Nasaf – Qo'qon-1912 - 3:0

O'tgan yilgi o'yinlar
Ushbu jamoalar o'tgan mavsumda o'zaro to'rtta bahsda maydonga tushishgan. O'yinlarning uchtasida durang natija qayd etilgan. Bitta uchrashuvda Qarshiliklar g'alaba qozonishgan.

Boshlanish vaqtlari
“Nasaf” - "Qo'qon-1912" uchrashuvi, shanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” o'yingohida soat 20:00 da start oladi. Ertaga esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari U-21 birinchiligi 9-turida maydonga tushishadi. Mazkur o'yin 17 may «Geolog» stadionida soat 17:45da boshlanadi. Har ikki bahsda vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Читайте также:

Prevyu. «Nasaf» – «Navbahor»

Prevyu: «Nasaf» – «Neftchi»

Superliga. “Nasaf” - “Qo'qon-1912”. Prevyu

«Nasaf» – «Qo'qon-1912». Prevyu

Superliga. «Qo'qon-1912» - «Nasaf». Prevyu