02.05.2019, 15:20

Namanganda xalqaro turnir davom etmoqda

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz hamda xalqaro tennis federatsiyalari tomonidan tashkil etilgan turnirda ilk bosqich yakunlandi.   Erkaklar o'rtasida o'tayotgan ”Fyuchers” musobaqasining yakkalik bahslariga tashlangan qur'a natijasiga ko'ra, bir qator tennischilarimiz ilk bosqichda o'zaro raqobatlashdi.   Yosh tennischimiz Sergey Fomin tajribali sportchimiz Sanjar Fayzievni mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Humoyun Sultonov Sharofiddin Abzalovni engdi. Endi Sergey ikkinchi davrada qozog'istonlik Timofey Skatov bilan o'zaro kuch sinashadi. Humoyunga esa rossiyalik Matvey Minin qarshilik ko'rsatadi.   Juftlik bahslarida S.Fomin sherigi S.Saidkarimov bilan birga chorak finalda S.Fayziev va H.Sultonov tandemiga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.

Mavzu bo'yicha:

Istomin pastlashda davom etmoqda, unga nima bo'layapti?!

Qozog'istonda o'zbek derbisi o'tkazilad

Tennischilarimizning raqiblari aniq bo'ldi

Dzyudochilarimiz Tbilisi xalqaro gran-prisida 2ta bronza medalni qo'lga kiritishdi

Tennis. Sanjar Fayziev Qozondagi musobaqa g'olibi