13.07.2019, 17:30

"MYu" Rayola tufayli Pogbaning narxini 200 mln evroga ko'tarib qo'ydi

"Manchester Yunayted" yarimhimoyachi Pol Pogbaning narxini 200 million evroga ko'tarib qo'ydi, deya xabar beradi Mirror.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchining agenti Mino Rayolaning bayonotidan so'ng "MYu" rahbariyati shu qarorga kelgan. Agent manchesterliklar Pogbaning ketish istagini anchadan buyon bilishlarini , shuningdek, o'z mijozining harakatlarida hech qanday muhokamaga o'rin yo'q deb aytgan.

Avvalroq, "MYu" Pogbani 170 mln evroga sotishga tayyorligi xabar qilingan. Unga "Real" va "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda. Natijada "Keksa sinora" kurashdan chiqdi, "Real" esa frantsiyalik uchun 130 mln evrodan oshiq to'lamoqchi emas.

Mavzu bo'yicha:

"MYu" "Real"ga Pogbaning yangi narxini aytdi

"Manchester Yunayted" Pogbaning narxini e'lon qildi

"MYu" Pogbaning narxini aytdi, "Real" karaxt ahvolda

"Real" Pogbani xohlamoqda, "MYu" u bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Pogbaning agenti «Real» bilan muzokara o'tkazmoqda