10.04.2019, 20:20

«MYu» «Barselona»ni mag'lub eta oladimi? Mourino javob berdi


«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «MYu» va «Barselona» o'rtasidagi Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi dastlabki o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» «Yuventus» va «PSJ»ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Nima bu ishni «Barselon» bilan takrorlamaslik kerak?

Ammo kataloniyaliklar buni yaxshi bilishadi va «Old Trafford»da «MYu»ga qarshi jiddiy munosabatda bo'lishadi. Messi esa mazkur afsonaviy stadionda o'z imzosini qoldirishni istaydi», – dedi Mourino.

«Manchester Yunayted» – «Barselona» uchrashuvi bugun tunda — Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Читайте также:

«Lion» prezidenti: «Messi kasal bo'lib qolsa yaxshi bo'lardi»

Angliya kubogining 1/32 final bosqichiga qur'a tashlandi

Mourino mag'lubiyat sabablarini izohladi

Mauritsio Sarri: «Manchester Yunayted» APLda eng kuchli tarkibga ega»

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum