17.05.2019, 04:00

Mxitaryan Bokuda bo'ladigan Evropa ligasi finalida maydonga tushmaydi


«Arsenal» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Boku shahrida o'tadigan Evropa ligasi finalida «Chelsi»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.

The Times tarqatgan xabarga ko'ra, "kanonirlar" xavfsizlik nuqtai nazaridan armanistonlik futbolchini Ozarboyjon poytaxtida bo'ladigan o'yin uchun qaydnomaga kiritmadi. Armaniston va Ozarboyjon mamlakatlari Tog'li Qorabog'dagi bahsli hudud tufayli mojaro mavjud.

Shunday sabab tufayli Mxitaryan Evropa ligasi guruh bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "Qorabog'"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Avvalroq Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi Genrix Mxitaryan finalda ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Final o'yini 29 may "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi.

Читайте также:

Mxitaryan – «Arsenal»da oy futbolchisi deb topildi

Mxitaryan APLda ilk bor dublni rasmiylashtirdi

De Bryuyne muddatidan erta tiklanmoqda

Mxitaryan "Arsenal"ning "Qorabog'" bilan o'yiniga bormaydi

Mxitaryan «Everton»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi...mi?