16.05.2019, 15:50

Murodjon Xolmuratov «Silk Way Series Astana» musobaqasida kumush medalga sazovor bo'ldi


Ayni kunlarda Qozog'istonning Nur-Sultan shahri velosportning trek yo'nalishi bo'yicha “Silk Way Series Astana” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilgani uchun ham unda dunyoning 16 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etyapti.

Bugun bo'lib o'tgan shaxsiy ochkolar poygasida hamyurtimiz Murodjon Xolmuratov musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. Sportchimiz shu bilan birga Tokio Olimpiadasi uchun ushbu yo'nalishda 90 reyting ochkosini ham o'z hisobiga qo'shib qo'ydi. Poygada qozog'istonlik Assilxan Turar oltin, xitoylik Pingan Shen esa bronza medaliga egalik qilgan.

Ta'kidlash joiz, musobaqa davomida terma jamoamiz vakillari boshqa yo'nalishlarda ham ishtirok etib, Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg'arishmoqda.

Читайте также:

Yunon-rum kurashchilarimiz Vengriyadagi Gran-Prida 3 ta medalga sazovor bo'lishdi

Olga Zabelinskaya Belgiyadagi omnium musobaqasida oltin medalga sazovor bo'ldi

Olga Zabelinskaya Shveytsariyadagi musobaqada oltin medalni qo'lga kiritdi

Takevondochilarimiz AQShdagi «President‘s CUP» reyting musobaqasini 3 ta medal bilan yakunlashdi

Taekvondochilarimiz Qozog'istondagi reyting musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi