23.06.2019, 14:50

Murodjon Ahmadaliev chempionlik kamari uchun jang qiladi

Ikkinchi engil vazn (55,34 kg) toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan bokschimiz Murodjon Ahmadaliev nihoyat to'laqonli WBA chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladigan bo'ldi.

Ayni paytda ushbu chempionlik kamari amerikalik bokschi Daniel Romanga tegishli bo'lib turibdi. Murodjon "Kaka" Ahmadaliev esa WBA Intercontinental kamari sohibi bo'lish bilan birga Romanning chempionlik kamariga rasmiy da'vogar ham hisoblanadi.

WBA tashkiloti har ikki bokschining promouterlari o'rtasida jang huquqiga egalik qilish bo'yicha savdo o'tkazilishini ma'lum qildi. Agar bokschilarning jamoalari o'zaro kelisha olmasa, u holda promouterlar uchun ochiq savdo e'lon qilinadi. Bu borada 2 iyul kuni yakuniy qaror ma'lum bo'ladi.

Agar Murodjon bo'lajak chempionlik jangida Romanni mag'lubiyatga uchratsa, AQShda chempion bo'lgan ilk o'zbekistonlik bokschiga aylanadi.

Mavzu bo'yicha:

VIDEO. Murodjon Ahmadaliev: «Bu hali boshlanishi»

Shahram G'iyosov ilk chempionlik kamarini qo'lga kiritdi

Murodjon Ahmadaliev jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

Isroil Madrimov debyut jangidayoq chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Murodjon Ahmadaliev faoliyatidagi ilk chempionlik kamarini qo'lga kiritdi