16.05.2019, 16:20

Muhammad Salah «Yuventus»da?!


Muhammad Salah «Yuventus»da?!
Yaqin kunlarda «Liverpul» yulduzi Muhammad Salahning klubdan ketishi to'g'risida ko'plab mish-mishlar paydo bo'ldi. Bugun aynan shu mavzuga to'xtalib o'tamiz.

Milner va Salah

«Liverpul»ning faxriy futbolchilaridan biri va klubning penaltiy tepuvchi futbolchisi sanaladigan Jeyms Milner va qahramonimizning munosabatlari yomonlashganidan ko'pchilikning xabari bo'lmasa kerak. Yakunlanayotgan mavsumning boshida Salah bir necha bor Milnerdan penaltini amalga oshirishni unga topshirishini iltimos qilgan. Ingliz futbolchisi bundan bosh tortgan va aynan shu masalada klubdagi futbolchilarning fikri ikki xil ko'rinishga keladi. Doimo ichki intizomni talab qiluvchi Klopp esa  Milnerni hurmat qilish zarurligini Salahga uqtiradi va penaltiy tepish huquqi to'liq Milnerga o'tadi. Aynan o'sha mojarodan so'ng  bir nechta ingliz nashrlari Salahning klubdan ketishini taxmin qilishgan edi va vaziyat ham shunga yaqinlashib qolgndek tuyulmoqda. Yurgen Klopp agarda moliyaviy qulay taklif tushadigan bo'lsa, Salahni ushlab qolishdan manfaat yo'qligini yaxshi his qilib turibdi. Bir paytlar Koutino klubdan ketganida ham klub zarracha kuchsizlashib qolmagan, qaytanga yangi o'yinchilar klubni yangi darajaga olib chiqqan edi. Shunday ekan Salahning klubdan ketishi mavsum so'ngiga kelib tobora aniq bo'lib boryapti.

«Liverpul»da ichki nizolar

Hozirda klubda ichki nizolar ko'payib bormoqda deb yozmoqda «Newslink» nashri klub ichidagi ishonchli manbaalarga tayangan xolda.
Manbaaning takidlashicha, klubda Milner va Salahning tarafdorlari orasida so'z qochgan va Klopp bu muommalarni echimi sifatida Salahni sotib yuborishni mo'ljallamoqda.
Bunday xol bundan avval ham braziliyalik Felippe Koutino bilan bo'lgan va klub uni «Barselona»ga ichki muhitni yaxshilash maqsadida sotib yuborishga majbur bo'lgan edi. Endilikda Salahning klubda qolmasligi tobora aniq bo'lib bormoqda va unga munosib o'rinbosar sifatida aynan Dibalaning klubga kelishi ehtimoli yuqori.

Dibala va 40 million evro

Argentinalik futbolchining mavsum so'ngida «Yuventus»dan ketishi borasida Italiyaning bir nechta nashrlari yozishmoqda va bu ayni xaqiqat! Paolo Ronalduga o'ynaydigan «Yuve»da o'zi uchun pozitsiya yarata olmadi va ochiqchasiga zahiraga «mixlanib» qoldi. Uning iqtidoriga shubha bo'lishi mumkin emas, biroq buni amalda ko'rsatish uchun yangi klubga o'tish shart!
«Le Gazzeta dello sport» nashrining xabar berishicha «Yuventus»ning yangi mavsumdagi ilk haridi katta ehtimol bilan Muhammad Salah bo'ladi va klub «Liverpul»ga 40 million evro va Paolo Dibalani qo'shib beradi! Yana shu ham ma'lumki tomonlar kelishuv shartlarini kelishib olish maqsadida hademay rasmiy uchrashuv o'tkazishadi. Bu kelishuvdan ikki futbolchi ham, ikki klub ham foyda ko'rishini hisobga olsak, bu kelishuv amalga oshadi va yozda Salah «Yuventus»ga o'tadi.

Salahni shaxsan Ronaldu «Yuventus»ga olib kelmoqchi

Portugaliyalik futbolchi klubga  EChLni yutib bera olmagan bo'lsada, anchagina daromad keltirgani haqida bundan avvalgi maqolalarimizda eslatib o'tgan edik. Aynan Ronalduga suyangan xolda «Yuve» yangi, kuchli klub tuzish maqsadida futbolchi bilan transfer masalasida maslahatlashgani haqida ancha avval xabarlar tarqagan edi. Aynan Ronaldu jamoada ko'rishni istagan futbolchilar orasida Salah birinchi o'rinda turibdi. Salahning kelishi «Yuventus» klubining marketing ishlarida ham yaxshigina daromad olish va EChLda g'olib chiqish imkonini oshiradi.

Читайте также:

Salohning jarohati haqida «Barselona» futbolchilari nimalar deyishdi?

Yozda kutilayotgan «Bomba» trasnferlar 2-qism

Milner singan burun bilan o'ynadi

Klopp: «Salohga shubha qilmagandim»

Milner Salohni hazil ohangida tabrikladi