Mourinyu: A Seriya dunyoning eng muhim chempionatlaridan biriga aylandi

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga transferi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
«Shu ondan boshlab A Seriya dunyoning eng muhim chempionatlaridan biriga aylandi. Futbolda hamma narsa o'zgarishi mumkin.
Agar «Inter», «Milan», «Napoli» va «Roma» kabi klublar ham etarli darajada kuchaya olsalar, u holda bu o'yin saviyasi, emotsiyalar va Italiya chempionatiga bo'lgan e'tiborni o'sishiga olib keladi.
«Yuventus»ni tabriklayman, Ronalduning transferi – bu futbol, reklama va marketing tomonlama kuchli yurish», – deydi Mourinyu.
Mavzu bo'yicha:
Iguain: «Milan» - o'ziga hos klub, Ronaldu bilan esa «Real»da o'ynaganman
Gattuzo: Ronalduning transferi Italiya futbolining rivojiga turtki bo'ladi
Arkadiush Milik: «Napoli» «Yuventus» va Krishtianu Ronaldudan qo'rqmaydi
Italiya A Seriyasining markaziy o'yinlari sanasi
Xaver Tebas Ronalduning nega Italiyaga ketganini aytib o'tdi