12.11.2018, 07:50

Mourino mag'lubiyat sabablarini izohladi


«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Siti»ga qarshi o'yindan (1:3) keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Umid qilaman, biz hali chempionlik kurashidan chiqib ketmadik. Mavsumni «Manchester Siti» juda kuchli boshladi va shunday ruhda davom etmoqda. «Manchester Yunayted» uchun esa mavsumning avvali omadli chiqmadi, ammo biz o'z o'yinimizni yaxshiladik.

Bir hafta ichida «Siti» 3ta o'yinni o'z uyida o'tkazgan bo'lsa, biz 3ta bahsni safarda o'ynadik. Ular raqiblar darvozasiga 6talab gol urishdi va hech qanday bosimni his qilishmadi. Chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Yuventus»ga qarshi o'yin biz uchun finalga teng bo'ldi. Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'yin bizdan juda katta jismoniy va ruhiy kuchni olib qo'ydi», — dedi Mourino.

Читайте также:

Mourino: «MYu» – taslim bo'ladigan jamoa emas»

Mauritsio Sarri: «Manchester Yunayted» APLda eng kuchli tarkibga ega»

Gvardiola: «Men Kloppga qarshi o'ynamayman»

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum

«Manchester Yunayted» — «Lester». Bugun Angliyada yangi mavsum boshlanadi