24.04.2019, 16:10

MOFA qarorgohiga Tojikistonga ko'chiriladi


Bugun Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (Central Asian Football Association)ning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Emomali tashkilot prezidenti etib saylandi. Shu bois, CAFA qarorgohi Dushanbe shahriga ko'chiriladi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Shuningdek, bugun CAFAning yangi vitse-prezidentlari ham saylandi. Qirg'iziston futbol federatsiyasi vitse-prezident Dastanbek Qo'noqbaev va Turkmaniston futbol federatsiyasi Arslan Aynazarov tashkilot rahbariga o'rinbosar sifatida ishlaydigan bo'lishdi.

Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi 2014 yilda tashkil etilgan bo'lib, shu paytgacha Toshkentda o'z faoliyatini olib borayotgan edi. Uning rahbari sifatida dastlab Mirabror Usmonov, so'nggi paytda esa Umid Ahmadjonov ishlab kelayotgan edi.

CAFA o'z tarkibiga 6ta mamlakat — Afg'oniston, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmanistan va O'zbekiston futbol federatsiyalarini qamrab olgan.

Читайте также:

Umid Ahmadjonov Malayziyaga etib bordi

CAFA OFK prezidentligi uchun saylovda Shayx Salmon nomzodini qo'llab quvvatlaydi

Markaziy Osiyo basketbol assotsiatsiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko'chirildi

CAFA musobaqalarini yoritishda faollik ko'rsatgan bir guruh OAV xodimlari taqdirlanishdi

Toshkentda Futzal bo'yicha Osiyo chempionati U-20 Markaziy mintaqa saralash bahslari o'tkaziladi