17.10.2018, 15:10

Modrich: «Hech qachon Messi bilan bir jamoada o'ynamayman»


«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich o'zining Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

«Ronaldu bilan birga Madridda 6 yillik faoliyatni o'tkazdim. Bu vaqt davomida biz haqiqiy do'stlarga aylandik. Yozda u «Real»ni tark etdi, ammo biz hamon gaplashib turibmiz va yaxshi munosabatlarni saqlab qolganmiz.

Messi? Shu vaqt davomida men unga qarshi o'ynab kelyapman. Ha, u jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri, ammo men u bilan hech qachon bir jamoada o'ynamayman», – dedi Modrich.

Ispaniya La ligasining 10-turi doirasidan o'rin olgan «Barselona» – «Real» bahsi 28 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.

Читайте также:

O'zil – so'nggi 12 yillikda bu boradagi tengsiz futbolchi. Messi — 5, Ronaldu — 10-o'rinda

Modrich «Oltin to'p»ga da'vogar 5 futbolchini aytdi

Gvardiola: «Men Kloppga qarshi o'ynamayman»

Messi, Ronaldu va Saloh - FIFA ramziy jamoasi uchun nomzodlar e'lon qilindi

Messi: «Ronalduning qarori meni hayron qoldirdi»