14.07.2019, 09:30

Mirkomil Lokaev: «Terma jamoada o'ynash mening orzum»


BIGUZ media hamkorimiz a'zosi Mirkomil Lokaev bir qator savollarga javob berdi va orzusi terma jamoada o'ynash ekanligini aytib o'tdi.

Mirkomil Lokaev qaysi shaxarda tavallud topgan?

— Mirkomil Lokaev Shakarboy o'g'li 1995 yil 30 yanvar Samarqand viloyati Qo'shrabod tumanida tavallud topgan yoqtirgan rangi ko'k, oq. Oilada 2 farzand ikkalasi ham o'gil.

1) Futbolga kirib kelishingiz?

— Futbolga kirib kelishimga Otam va akam sababchi bo'lgan ular 14 yoshimda Samarqand olimpiya zahiralar kollejiga olib borgan birinchi murabbiyim Qahramon Mamatqulov bo'lgan.

2) Qaysi jamoalarda to'p surgansiz?

— Men faqat Dinamo uchun o'ynaganman.

3) Futboldan tashqari nimaga qiziqasiz ya'ni xobbiyingiz?

— Futboldan tashqari futbol ko'rish va kino ko'rishni yoqtiraman.

4) Jamoangiz haqida nima deya olasiz?

— Dinamo bir oila, xamma jam bo'lgan, xamma bir biri bilan juda yaqin munosabatda.

"Dinamo" bir oila

5) Bu darajaga kelishingizgacha qanday qiyinchiliklar kechirgansiz?

— Qiyinchiliklar ko'p bo'lgan ko'proq meni jarohatlar qiynagan.

6) Kelajakdagi orzularingiz?

— Terma jamoada to'p surish va horij klublarida o'ynash.

7) Qaysi futbolchiga muhlislik qilasiz?

— Dani Alvesh va Karvahal

8) Evropa klublaridan qaysi jamoalarga muxlislik qilasiz?

— Barselona va Arsenal.

BigUz jurnalisti Nabixo'jaev Rustamxo'ja tayyorladi

Читайте также:

Hakim Ziyosh qaysi jamoada o'ynash istagini borligini aytdi

Mirkomil Lokaev: «Metallurg»ga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimi»

Superliga. «Dinamo» 91 daqiqada gol urib, «Metallurg»ni mag'lub etdi

«Dinamo» – «Nasaf». Tarkiblar!

«Dinamo» Qozog'iston klubi bilan durang o'ynadi