Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:58
KirishRo'yxatdan o'tish
Mino Rayola: “Xolandni sotib olishga qodir klublarining to'rttasi Angliyada
  24 Fevral, 03:00  34

.

Agent Mino Rayola “Borussiya Dortmund“dagi mijozi, Erling Xolandning imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Shubhasiz, uni hamma kelajakning potentsiali yuqori, eng yorqin yulduzlaridan biri deb biladi, chunki u qiyin va murakkab ishlarni shu yoshida amalga oshirmoqda.

Ibragimovich, Ronaldu va Messi singari yulduzlarning yoshi o'tib bormoqda va o'z o'zidan savol tug'ulmoqdaki, “Biz yana qachongacha ularning ijrosidan zavq olishimiz mumkin?“ Shu tufayli juda ko'pchilik yosh avlodga jiddiy e'tibor qaratgan.

Xolandni sotib olishda eng ko'pi bilan 10 ta klub imkoniyatga ega, ulardan to'rttasi esa Angliyada. O'ylaymanki, hech qaysi murabbiy yoki sport direktori Xolandni sotib olishdan bosh tortmaydi. Bu xuddi “Formula-1“ dagi hech bir jamoa Luis Xemiltonga umuman qiziqmaydiganga o'xshash holat“,- deydi Rayola.


Ma'lumot o'rnida 20 yoshli norvegiyalik futbolchi Bundesliganing 32 o'yinida maydonga tushib, 30 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»