17.05.2019, 23:01

«Milliy» stadionning yangi chimi sinovdan o'tkazildi


O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstruktsiya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.   Jumladan, poytaxtimizda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik. O'zbekiston futbol assotsiyasi buyurtmasiga asosan Turkiyaning "Iren"kompaniyasi tomonidan stadion chimi zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelindi. Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda Pro-liganing "Rubin" jamoasi o'rtasidagi o'yin orqali  maysaning birinchi testi o'tkazildi. 10 kundan so'ng ikkinchi sinov amalga oshiriladi.    Xabaringiz bor, iyun oyida O'zbekiston milliy terma jamoasi  KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi. Mazkur o'yinlar "Milliy" stadionda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababdan ham maydon maysasini sinovdan o'tkazish jarayonida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper, shuningdek, Olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich hamda O'FA mutasaddilari ishtirok etishdi.

  "Milliy" stadionning avvalgi chimi talabga javob bermagani tufayli to'laligicha ko'chirib tashlangandi.

Keyin Turkiyaning "Iren" kompaniyasi vakillari tomonidan stadion chimi to'laligicha yangilandi va parvarish qilindi.


Nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning bosh futbol arenasi hisoblangan  “Milliy” stadionining yangi chimi jahon standartlariga to'liq javob berib, endilikda bu erda bemalol xalqaro o'yinlarni o'tkazish mumkin bo'ladi. 

Читайте также:

Yana bir sinov! O'zbekiston MTJ Turkiya bilan o'ynaydi

«Milliy» stadioni maysasi tayyor holatga keltirilmoqda

«Milliy» stadioni maysasi futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor holatga keltirilmoqda

«Milliy» stadionida jiddiy o'zgarishlar bo'lmoqda

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi