Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 12:37
KirishRo'yxatdan o'tish
“Metallurg” – “Andijon”, prevyu
  8 Aprel, 07:35  2

.

“Andijon” jamoasi bilan bekobodliklar milliy chempionatlarimiz doirasida 38 bora to'qnash kelishgan. Mazkur uchrashuvlarning 15 tasida Toshkent viloyati vakillarining qo'li baland kelgan bo'lsa, 11  ta o'yinda durang natija qayd etilgan. 12 ta o'yin esa vodiylik futbolchilarning g'alabasi bilan yakunlangan. “Metallurg” raqiblari darvozasiga 63 ta to'p kiritib, o'z darvozasidan 55 gol o'tkazib yuborgan.

O'zaro o'yinlarda “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g'alabasi 2015 yilgi chempionatda kuzatilgan bo'lib, o'shanda bekobodliklar “Andijon”ni 5:1 hisobida dog'da qoldirgan. Andijonliklarning yirik g'alabasi esa 4:1 ko'rinishini olgan.

Mazkur jamoalarning o'tgan mavsum Andijonda kechgan uchrashuvida bekobodliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lsa, Bekoboddagi o'yinda durang natija qayd etilgandi – 1:1. Vodiydagi uchrashuvda har ikkala gol Stanislav Andreev hisobiga yozilgan. Bekobodda esa 22-daqiqada Shahzodbek Ubaydullaev hisobni ochgan bo'lsa, uchrashuv tugashiga ikki daqiqa qolganda Doniyor Abdumannopov andijonliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi.

Ushbu jamoalarning Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvida qayd etilgan natijalar:

30.09.2020  “Metallurg” – “Andijon” – 1:1
11.08.2019  “Metallurg” – “Andijon” – 0:2
10.06.2016  “Metallurg” – “Andijon” – 3:1
23.05.2015  “Metallurg” – “Andijon” – 5:1
01.06.2014  “Metallurg” – “Andijon” – 3:2

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»