Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:49
KirishRo'yxatdan o'tish
Messining "Barselona"dagi kelajagi noma'lum. Sabab...
  9 Aprel, 00:20  32

.

"Barselona" hujumchisi Lionel Messining keyingi mavsumda qaysi klubda o'ynashi hozircha ma'lum emas. Joan Laporta "Barsa" prezidenti lavozimini egallaganiga ham bir oy bo'ldi, ammo menejer yangi shartnoma imzolash borasida hali Messi va uning atrofidagilar bilan bog'lanmadi.

Marsa Kataloniya shahri nashirlariga tayangan holda, "Barselona" rahbariyati argentinalik futbolchiga taklif tayyorlash haqida ishlamoqda. Lekin, Laporta Leo uchun katta maosh berish haqida o'ylamayapti.

"Barsa" prezidenti "Manchester Siti" va "PSJ" Messini sotib olish haqidagi g'oyasidan voz kechmaganligini biladi. Avval xabar berganimizdek, ingliz klubi 33 yoshli futbolchiga "Barsa"da qolishni istamasligini aytsa, Messi uchun shartnoma taklif qilishga tayyor. Parijliklar ham Messini taklif qilish variantini rad etishmayapti, ammo hozirda birinchi o'rinda "PSJ" Kilian Mbappe va Neymar bilan yangi shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Messi hozirgi vaziyatda xotirjamlikni saqlamoqda. U bor e'tiborini kelgusi o'yinlarga qaratadi va "Barselona" bilan chempionat va Ispaniya kubogini yutishni istaydi.

"Barsa" hujumchisi ushbu mavsumda La Liganing 27 o'yinida 23 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»