07.07.2019, 22:50

Messining qizil kartochkasi haqida Ronaldu fikr bildirdi


Kunning eng qiziq mavzusi atrofidagi ma'lumotlarni taqdim etishda davom etamiz. Xabaringiz bor «Kopa Amerika» musobaqasining bronza medallari uchun bahsda Argentina va Chili terma jamoalari to'qnash keldi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar birinchi bo'limning o'zidayoq ikki termaning sardorlari sanaladigan, Messi va Medelga qizil kartochka ko'rsatdi. Ayni shu mavzuda Ronalduning fikrlari qanday ekanligi bilan qiziqdik.

Leo Skalone

Messi dunyoning istalgan himoyachisi uchun eng nuqulay raqib sanaladi. Uni futbolchi sifatida maydonda to'xtatib qolishni uddasidan chiqa olmaganlar ko'pincha qo'pollik qilishga tushib ketishadi. Bu yo'l bilan uning asablarini yanda taranglashtirishga va xato qilishga majbur qilishmoqchi bo'lishadi. Bu futboldagi eng uyatli uslublardan biri.
Bu voqea ikkita narsani anglatadi. 1 – dan Chili himyachilari halol yo'l bilan Messini to'xtatib qolishni eplay olmadilar. Bundan ko'rinib turibdiki ular Messini yopib tashlash uchun etarli darajada mahoratli emas.
2 – Uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar o'zlari uchun boshqa ish qidirishlari zarur. Futbol ular uchun emas. To'g'ri yaxshi insonlar haqida yomon so'zlarni aytish noo'rindek ko'rinar, lekin bu hakamlarni yaxshi inson deb hisoblamayman.

Dibala

Messi o'zining chetlatilishini nohaqlik deb qabul qildi . Biz uning jaxli chiqqanini tushunamiz va iloji boricha uni qo'llab-quvvatlashga harakat qilamiz. Hakamlar borasida hech narsa demoqchi emasman. Asosiysi biz Chilini mag'lubiyatga uchrata oldik va chiroyli futbol namoyish etdik. Umid qilaman-ki, bu terma mavjud bo'ladi va o'sishda davom etadi. Keyingi musobaqalarda oldimizga qo'yilgan vazifalarni to'liq bajarishga urunib ko'ramiz.

Ronaldu

O'yinlar chog'ida hakamlarning xato qilishi ko'p uchraydigan xolat. Bunday qarordan so'ng, Messi tomonidan  aytilgan so'zlarni tushunsa, bo'ladi. Bunday ko'rinishdagi hakamlikni men o'z karieram davomida bir necha bor guvohi bo'lganman. Men Messiga iloji boricha tezroq ushbu turnirni yoddan chiqarib, dam olishni maslahat beraman. U yangi mavsum oldidan yaxshilab tayyorgarlik ko'rishi va klubining g'alabalariga o'zining ulkan xissasini qo'shishi darkor. Yodimda, «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olganimda yuqorida keltirilgan ishlarni qilganman va bu o'z samarasini bergan. Messi bu musobaqa haqida unutib, karierasining yangi va toza sahifasini ochishi shart!

Читайте также:

Qizil kartochka haqida Messi nimalar dedi?

Lineker: "Messi qizil kartochkaga loyiq emasdi"

Amerika kubogi-2019. Messi chetlatilgan o'yinda Argentina bronza medalini qo'lga kiritdi

Kopa Amerika: Argentina – Chili. Tarkiblar (MATNLI TRANSLYaSIYa)

Tite: "Messini to'xtatib bo'lmaydi"