12.04.2019, 19:20

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston TJ xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Xabaringiz bor, Jamshid Asadov boshchiligidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi bu yil iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi.   Mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa a'zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.    Jumladan, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi shu yilning fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishdi.   Endilikda Jamshid Asadov shogirdlari Tojikistonda tashkil etilayotgan "Kelajak sendan boshlanadi!" xalqaro turniriga taklif etilishdi. Kecha terma jamoa a'zolari Tojikistonning Dushanbe shahriga yo'l olishdi. 

Mavzu bo'yicha:

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig'ini yakunlandi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi

Jamshid Asadov: «Maqsadimiz — Jahon kubogini qo'lga kiritish»

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bugun yig'in doirasida nazorat o'yinida "Andijanka"ni mag'lub etdi

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Namangandagi mehribonlik uyiga borishdi