26.02.2019, 14:30

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasi yig'in o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l olgani haqida xabar berib o'tgandik. Jamshid Asadov boshchiligidagi terma jamoa a'zolari Antaliyada ikki mahal mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Mashg'ulot davomida futbolchilarning jismoniy holati va texnikasi ustida ish olib borilyapti.

Bugun terma jamoa a'zolari Turkiyada nazorat o'yini o'tkazishdi. Antaliya U-17 jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda vakillarimiz 8:4 hisobida g'alaba qozonishdi.
 
Mazkur terma jamoa a'zolari bu yil iyul oyida Polshada bo'lib o'tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa a'zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Mavzu bo'yicha:

O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni yakunladi

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bugun yig'in doirasida nazorat o'yinida "Andijanka"ni mag'lub etdi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat uchrashuvida durang qayd etdi

O'zbekiston OTJ bugun Slovakiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Osiyo Kubogi - 2019dagi raqibimiz Turkmaniston musobaqaga tayyormi?