13.07.2019, 20:50

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogida guruh bosqichi yakunlandi


Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tmoqda.

Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakillarimiz guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni o'tkazib ulgurishdi. O'zbekiston terma jamoasi ilk o'yinini Sloveniyaga qarshi o'tkazib, 0:0 hisobida durang qayd etdi. Ikkinchi uchrashuvda esa Belarus terma jamoasi 4:0 hisobida taslim etildi.So'ngra Vetnam 3:1 hisobida dog'da qoldirildi.

Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi 2:0 hisobida mag'lub etildi. Latviya darvozasi esa javobsiz 5 marta ishg'ol etildi. Faqatgina Rossiya bilan bo'lgan o'yinda vakillarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

Yakunda terma jamoamiz guruhda 2-pog'onani band etib, chorak finalga yo'l oldi. Chorak finalda hamyurtlarimizga Belgiya terma jamoasi raqiblik qiladi. O'yin ertaga bo'lib o'tadi. 

Читайте также:

Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogi bahslari start oldi

O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogiga yo'l oldi

O'FA rahbariyati mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogida qatnashadigan O'zbekiston terma jamoasi bilan uchrashdi

O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogida ishtirok etadi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig'ini yakunlandi