Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 15:07
KirishRo'yxatdan o'tish
Mbappe haqida siz bilmagan 23ta fakt
  19 Fevral, 12:55  85

.

Ikki kun avval, «Kamp Nou»da «Barselona» darvozasiga uchta to'p kiritgan frantsiyalik 23 yoshli iqtidor egasi Kilian Mbappe haqida, qiziqarli 23 ta faktni sizlarga taqdim etamiz.


23. Mbappe 1998 yil 20 dekabrda Parij yaqinida joylashgan, 19-okrugda tug'ilgan. Kilian sportchilar oilasida tug'ilgan. Uning otasi kamerunlik muhojir va futbol murabbiyi, onasi esa gandbolchi bo'lgan. U yoshligidan futbol bilan shug'ullanishni boshlagan. Besh yoshli Mbappeni tez-tez otasi murabbiy bo'lib ishlaydigan mahalliy havaskorlar jamoasi stadioniga borib turardi. Birinchi murabbiyi ham aynan otasi hisoblanadi. 6 yoshiga kelib, futbol bilan muntazam shug'ullanishni boshlaga. U ko'proq o'zidan katta futbolchilar bilan to'p tepishni yoqtirar edi.


22. Mbappeni qiziqtirgan yagona narsa futbol edi. Kilian kun bo'yi o'yin haqida gaplashishi ham mumkin, akasi, otasi va tengdoshlari bilan futbol uchrashuvlari haqida suhbat qurishni yaxshi ko'rardi. Futbolchining o'sishiga birinchi murabbiyi Rikardi katta rol o'ynagan. U futbolga shu qadar mehr qo'ygan ediki, mashg'ulotlardan so'ng, xonasida ham to'p bilan shug'ullanardi. Yotoqxonasidagi stol, divan kabi jihozlar darvoza vazifasini bajarib berardi.
Yosh futbolchining yana bir sevimli mashg'uloti PlayStation o'ynash bo'lgan.

 

21. Kilianning hech qachon sevimli jamoasi bo'lmagan, u futbolchilarning individual o'yinini tomosha qilishni yaxshi ko'rardi. Xonasida Mbappening bolalikdagi kumiri bo'lgan Krishtianu Ronalduning ko'plab suratlari osilgan edi.


20. Hujumchi dastlabki yillarini Frantsiyaning «Klerfonten» nomli futbol akademiyasida ta'lim olgan. Ushbu akademiya juda mashhur bo'lib, Terri Anri va Lilian Tyuram kabi futbolchilar ham, dastlab ushbu futbol maktabida futbol sir-asrorlarini o'rgangan.
«PSJ» hujumchisi har kuni mashg'ulotlarga piyoda borib kelardi, chunki avtobus uchun unda pul bo'lmasdi. Mbappe o'n uch yoshida «Real» akademiyasida paydo bo'lishi mumkin edi, chunki o'sha paytda «Real» yoshlar jamoasining murabbiyi bo'lgan Zinedin Zidanning o'zi unga qiziqish bildirgan, ammo Kilian otasi bilan maslahatlashib, hali bunga tayyor emasligini aytib, rad javobini bergan.

19. Biroz vaqt o'tgach, Mbappe birinchi professional shartnomasini imzolaydi. «Monako» ushbu futbolini qo'lga kiritish uchun 650 ming evro pul sarflagan.


18. 2016-yilda frantsuz futbolchisi, yoshlar o'rtasidagi Evropa chempioni bo'lishga erishgan. U beshta gol urib, musobaqaning ikkinchi to'purarga aylangan. Chempionlikdan so'ng, u Frantsiya terma jamoasining bayramona ziyofatiga bormagan. Bu harakat bilan ko'pchilikni hayron qoldirgan. Kilian «Monako» jamoasi bilan bo'ladigan yig'inga qadar, yaxshiroq dam olish uchun uyda qolishni afzal ko'rgan.

17. Sportchi ilk marta 2015-yilda Frantsiya chempionati uchrashuvida debyut qilgan. «Kann»ga qarshi uchrashuvning 88-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan. Shundan so'ng, Mbappe tez-tez «Monako» libosida maydonga paydo bo'ladigan bo'ldi. O'sha mavsumda futbolchi 1 gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirgan. Natijada Kilian afsonaviy Terri Anrining rekordini yangiladi. Mbappe Frantsiya chempionatida gol urgan eng yosh futbolchi nomiga sazovar bo'lgan. Ko'p o'tmay Mbappe «Monako» bilan yangi shartnoma imzoladi va qo'shimchasiga 3 million evro ishlab oldi.

16. 2016/17 yilgi mavsumda frantsiyalik iqtidor 26ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Liga-1da «Monako» PSJ bilan raqobatlashib, uzoq kutilga chempionlikni qo'lga kiritdi. O'sha yili monakoliklar Chempionlar Ligasida ham ajoyib qatnashdi. Ular pley-off bosqichida «Manchester Siti» va «Borussiya Dortmund» kabi jamoalarni musobaqadan chiqarib yuborishgan.


15. Dunyoning eng yaxshi jamoalari o'n sakkiz yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun harakatni boshlab yuborishdi. Hujumchiga Germaniya, Ispaniya va Angliyadan takliflar tushgan edi, ammo Mbappe yana bir necha maysum vatanida qolishni afzal ko'rdi va «PSJ» jamoasini tanladi. Parijliklar futbolchi uchun «Monako»ga 180 million evro miqdoridagi pulni to'lab berishdi. Kilian futbol tarixidagi eng qimmat ikkinchi futbolchiga aylandi. Uning narxi faqatgina jamoadoshi Neymarnikidan kamroq edi.

14. «PSJ»da 29-raqam ostida debyut qilgan frantsuz, keyinchalik 7-raqam ostida to'p surishni afzal deb bildi.

13. Mbappe Frantsiya milliy terma jamoasidagi debyutini 2017-yilda amalga oshirgan. 2018-yilda esa mamlakat terma jamoasi bilan Rossiya maydonlaridagi Jahon chempionatida bosh sovringa ega chiqqan. Kilian mazkur chempionatda 7 marta maydonga tushib, 4 gol urishga erishgan.


12. Hujumchining asosiy ustunligi - bu uning ajoyib tezligidir. Uchrashuvlarning birida u soatiga 38 km tezlikda yugurgan.

11. Kilianda Jahon chempionligi bilan birga, to'rtta Frantsiya chempionligi, shuningdek uchta Frantsiya superkubogi oltin medallari bor. Shaxsiy mukofotlaridan esa 2018 yilgi Jahon chempionatidagi eng yaxshi yosh futbolchi va 2017 yilgi Golden boy sovriniga ega chiqqan.


10. Futbolchi hozirgacha, hech bir qiz bilan jiddiy munosabatda bo'lmagan. O'zi esa bu savolga: «kim bilandir uchrashib yurishga vaqtim yo'q.» deb javob bergan.

9. Mbappening Instagramdagi rasmiy akkauntiga 47 million kishilik obunachisi bor bo'lgan. U o'z sahifasida u tez-tez futbol uchrashuvlaridan, yoki shaxsiy hayotidagi suratlarni joylashtirib boradi.

8. Ayni paytda futbolchi Parijning nufuzli kishilari yashaydigan 16-okrugidagi ikki qavatli uyda yashaydi, uning derazalari Eyfel minorasiga qarab turadi.

7. Kilianning sochlari va ko'zlari qora rangda, ammo futbolchi tez-tez sochlari rangini o'zgartirib turishni xush ko'radi.

6. Shu paytgacha u ikki marta qizil kartochkaga «loyiq ko'rilgan». Qiziq tomoni ikkisi ham, Frantsiya kubogi doirasidagi uchrashuvida ko'rsatilgan.

5. Mbappe ko'chada oddiy odamlardek yurolmasligidan biroz xafa bo'ladi. Agar, u oddiy musqaymoq eyish uchun ko'chaga chiqsa, tezda uning atrofida 500ga yaqin odam to'planadi.



4. Futbolchining onasining xam asli kelib chiqishi jazoyirlik.

3. Frantsuz o'z pullaridan turli xil fondlarga xayriya qilib turadi. Kilian taniqli afrikalik futbolchilar qatori Afrikada sportni rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Mbappe ota-onasining kelib chiqishi afrikalik ekanligini hech qachon yodidan chiqarmaydi.

2. U asosan to'pga zarbani o'ng oyoqda beradi.

1. Kilianning suratlar kollektsiyasi ichida, Krishtianu Ronaldu va Terri Anri bilan tushgan suratlari bor.


 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»