13.06.2019, 10:40

Mbappe - "PSJ"ga qo'ygan talablari haqida: "Darvozabon bo'lmoqchi ekanimni unutishibdi"


"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyati oldiga bir qator talablar qo'ygani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Transfer News tvitterida quyidagi mazmunda xabar paydo bo'lgan edi: "Mbappe vakillari "PSJ" rabariyatiga talablar ro'yxatini yuborishdi. Bular: futbolchi hujum markazida o'ynashi kerak, futbolchi agar maydonda bo'lsa belgilangan barcha penaltilarni bajarishi kerak, futbolchi klubda qoladigan bo'lsa, o'zining tasvirlariga ko'proq mualliflik huquqi berilishi kerak".

Keyinroq, bu post ostida 20 yoshli futbolchi shunday deb yozdi: "Kechirasiz, yana nimanidir unutibsizlar. Kilian Mbappe darvozaga turmoqchi. Yolg'on xabarlar".

Читайте также:

ESPN: "Mbappe "PSJ"da o'zining ta'sir doirasini kuchaytirmoqchi"

Mbappe "Oltin butsa" haqida: "Hali menda 90 daqiqa bor"

Mourino: "Mbappe – dunyodagi eng qimmat futbolchi"

Ronalduning do'sti: "Mbappe Krishtianudan ko'proq "Oltin to'p" olishi mkmkin"

Tuxel Mbappe haqida gapirdi