Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 22:40
KirishRo'yxatdan o'tish
Marselo Belsa: «Ikkala jamoa o'rtasidagi farq hisobdagidek katta emas edi»
  24 Fevral, 04:50  12

.

"Lids Yunayted" bosh murabbiyi Marselo Belsa jamoasining "Sautgempton"ga qarshi g'alabali o'yinidan so'ng fikr bildirdi.

«Bugun ikkala jamoa o'rtasidagi farq yakuniy hisobdagidek katta bo'lmadi. Uchrashuv juda qiyin kechdi, garchi biz raqiblarga qaraganda ancha ko'p hujum uyushtirgan bo'lsak ham. Ularning ikki xil qanot himoyachilari bor edi:

O'ng qanot deyarli hujum qilmadi, chap tomon esa ko'proq oldinda harakat qilib, kam himoyalanishdi. Biz o'z o'yinimizdan kelib chiqib, almashtirishlarni amalga oshirdik. Ikkinchi bo'limda biz tezda hisobni ochganimizda, Rafinya hujumda juda erkinlikka ega edi. Hisob, bundan ham yirikroq ko'rinishga kelishi mumkin edi», - deydi argentinalik mutaxassis.

Ma'lumot uchun, ayni paytda "Lids" 35 ochko bilan APL turnir jadvalining o'ninchi pog'onasida bormoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»