Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:03
KirishRo'yxatdan o'tish
Markinosning jarohati borasida ma'lumot berildi
  8 Aprel, 10:00  12

.

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa sardori Markinosning jarohati borasida fikr bildirdi.

Braziliyalik o'yinchi «Bavariya»ga qarshi bahsda gol urishning uddasidan chiqdi. Biroq birinchi bo'limning o'zidayoq jarohati bois maydonni erta tark etishga majbur bo'lgandi.

«Markinos haliyam og'riqni his etyapti. Uning to'pig'ida jiddiy muammo bor. Umid qilamizki, u tez orada safga qaytadi. Lekin buning qachon sodir bo'lishi noma'lum», - deydi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, PSJ hamda «Bavariya» uchrashuvi 13 aprel sanasida «Park de Prens» o'yingohida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»