08.01.2019, 07:50

Maradona: «Messi hech qachon etakchi bo'lmaydi»


Meksikaning «Dorados» klubi bosh murabbiyi Diego Maradona «Barselona» hujumchisi Lionel Messi haqida yana o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Messini chin qalbdan yaxshi ko'raman. U — fenomen. Uning etakchi bo'lishini istashmoqda, ammo u hech qachon etakchi bo'lmaydi. U hamisha o'zining futbol olami va oilaviy hayotida qoladi», – dedi Maradona.

Messi ushbu mavsumdi Ispaniya La ligasi doirasida 16ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi.

Читайте также:

Messi – Evropaning top-5 chempionatlarida 6ta ko'rsatkich bo'yicha etakchi

Maradona: «Messi haqida yomon gapirmaganman»

Modrich: «Hech qachon Messi bilan bir jamoada o'ynamayman»

Maradona: «Messi etakchi bo'la olmaydi, boisi, u o'yindan oldin hojatxonaga ko'p qatnaydi»

Maradona Meksikaning 2-divizioni jamoasini boshqaradi