14.10.2018, 00:00

«Manchester Siti» prezidenti: «Messiga «Barsa»dagi maoshiga nisbatan 3 baravar ko'p pul taklif qildik»


«Manchester Siti» prezidenti Xaldon al-Muborak «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan shartnoma imzolash borasida harakat qilganini ta'kidlab o'tdi.

«Biz Pep Gvardioladan Messi bilan gaplashishni iltimos qildik. Biz futbolchiga «Barselona»da olayotgan puliga nisbatan 3 baravar ko'p maosh taklif qildik. Ammo u rad javobini berdi», – dedi al-Muborak.

Messi 2008-2012 yillar oralig'ida Gvardiola qo'lostida o'ynagan.

Yanva oyida Messining «Barselona»dagi maoshi, soliqlarni chiqarib tashlamagan holda, 104 million evroga teng bo'lishi haqida xabarlar tarqaldi.

Читайте также:

Allegri «Manchester Yunayted»ga rad javobini berdi

«Barselona» Pogbaning transferidan voz kechishi mumkin

Ronaldu – A seriyaning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi (+top-20)

Messi: «Ronalduning qarori meni hayron qoldirdi»

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum