16.05.2019, 21:10

«Manchester Siti» ishi UEFA arbitraj palatasiga topshirildi


UEFA huzuridagi klublarning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish bo'yicha bo'lim «Manchester Siti»ni tekshirib bo'ldi va mazkur ishni Arbitraj palataga topshirdi. Yakuniy qarorni ushbu palata chiqarishi kutilmoqda.

Avvalroq mankunianliklar homiylik shartnomalaridan olgan daromadlar haqida soxta hujjatlar taqdim qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu fakt o'z tasdig'ini topsa, "Siti" Evropa chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkin.

«Shaharliklar» APLning ushbu mavsumida chempionlikni qo'lga kiritib, EChLni guruh bosqichidan boshlashi lozim edi.

Arbitraj palata qaror chiqarmaguncha UEFA bu ish bo'yicha qo'shimcha izoh bermasligini ma'lum qildi.

Читайте также:

«Manchester Siti» EChLdan chetlatiladi? Klub rasmiy bayonot berdi

«Manchester Siti» EChLdan chetlatilishi mumkin

The Guardian: «Manchester Siti» kelasi yili EChLdan chetlatilishi mumkin

«PSJ» o'ziga nisbatan ochilgan ish bo'yicha UEFA ustidan CAS'ga murojaat qildi

UEFA «Rubin»ni Evrokuboklardan chetlashtirdi