11.12.2018, 23:10

«Manchester Siti» David Silvani 3 haftaga yo'qotdi


«Manchester Siti» yarim himoyachisi David Silva jarohat tufayli 3 haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, futbolchi mushagidan jarohat olgan. Ispaniyalik futbolchi katta ehtimol bilan maydonga 2019 yilda qaytadi. U APL doirasida «Everton», «Lester», «Kristal Pelas» va «Sautgempton», EChL doirasida «Xoffenxaym» hamda Angliya liga kubogi doirasida «Lester Siti»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

32 yoshli Silva 2010 yilda 28,75 mln. evro evaziga «Valensiya»dan «Manchester Siti»ga o'tgandi. Ushbu mavsumda yarim himoyachi APL doirasida 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol muallifiga aylandi va 2ta golga uzatma berdi. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

Читайте также:

Angliya kubogining 1/32 final bosqichiga qur'a tashlandi

De Bryuyne muddatidan erta tiklanmoqda

Angliya Liga kubogi 3-bosqichi juftliklari aniq bo'ldi

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum

APL-2018/19. Mavsum «MYu» – «Lester» bahsi bilan boshlanadi