09.04.2019, 11:10

Mahmud Muradov mahalliy yulduzga qarshi super jangda ishtirok etadi

Aralash jang san'ati bo'yicha o'rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan o'zbekistonlik Mahmud Muradov (20-6, 13 KO) 7 iyun kuni navbatdagi jangini o'tkazdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Xtreme Fight Night (XFN) turniri doirasida tashkil etilgan mazkur jangda Muradovga mahalliy yulduz, shu kunga qadar yarim o'rta (-77,1 kg) vaznda ishtirok etib kelgan, XFN yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Patrik Kintsl (21-9, 10 KO) raqiblik qildi. Mazkur jang Prahadagi mashhur O2 arenasida bo'lib o'tadi. To'qnashuv 5 raundga mo'ljallangan bo'ladi.

Chexiya matbuotining yozishicha, bu mamlakatda o'tkazilgan eng mashhur jang bo'ladi. Jangga Chexiyada tarixida eng ko'p muxlislar tashrifi kutilmoqda. Shuningdek, bu XFN tarixidagi eng yuqori gonorar o'rtaga qo'yiladigan to'qnashuv bo'ladi. Mahmud Muradovning ma'lum qilishicha, XFN aprel oyining o'rtalariga qadar va'da qilgan gonorarni to'lab berishi kerak. Agar ular o'z vaqtida gonorarni to'lab bermasa, jang o'tkazilmay qolishi, yoki boshqa muddatga qoldirilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov so'nggi marta 6 aprel kuni ispaniyalik Tato Primerani (7-7, 5 KO) 1 raunddayoq nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan va ushbu g'alabasi uchun WASO chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.

 

Mavzu bo'yicha:

Mahmud Muradov ispaniyalik raqibini qanday er tishlatdi (video)

Maxmud Muradovning navbatdagi jangi muddati ma'lum bo'ldi

Mahmud Muradov navbatdagi jangini o'tkazdi

Mahmud Murodov polshalik raqibini nokautga uchratdi

Mahmud Muradovning navbatdagi raqibi ma'lum