09.11.2018, 17:10

Lorente Ispaniyaga qaytishi mumkin


“Tottenxem” hujumchisi Fernando Lorente Ispaniyaga qaytishi mumkin.

33 yoshli futbolchining “shporlar” bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilgacha mo'ljallangan. Biroq, “Atletik” ispaniyalik futbolchini qishdayoq qaytarishga tayyor.

27 dekabr kuni Bilbaoda klub prezidentini tanlash uchun saylov o'tkaziladi. Bu postda sakkiz yil davomida ishlagan Xosu Urrutiya o'z nomzodini qo'ymadi. Yangi nomzodlarning asosiy maqsadlari esa Lorenteni “basklar” o'lkasiga qaytarish.

Ma'lumot uchun, Lorente “Atletik”da 2005 yildan boshlab 2013 yilgacha o'ynagan. Shundan so'ng, u “Yuventus”, “Sevilya” va “Suonsi” klublarida o'ynashga ulgurdi.

Читайте также:

Mata Ispaniyaga qaytmoqchi

«Yuventus»ning asosiy transfer maqsadi ma'lum

Ibragimovich Italiyaga qaytishi mumkin

Xese Ispaniyaga qaytishi mumkin

Lorente «Vest Xem»ga o'tishi mumkin