23.05.2019, 08:40

«Lill» Pepening narxini belgiladi

“Lill” hujumchisi Nikolya Pepe faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.

Le10Sport nashrining xabariga ko'ra, “Lill” o'z etakchisining narxini 80 million evro eib belgiladi. Futbolchining jamoasi bilan ayni damdagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.

Ta'kiblab o'tamiz, Pepe Frantsiya chempionati to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda. Joriy mavsum futbolchi 40ta o'yinda, 23ta gol urdi va 14ta golga assistentlik qildi.

Chempionat tugashiga 1 tur qolganda “Lill” musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Ular chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qilishgan.

Mavzu bo'yicha:

Frantsiyada mavsum qahramonlari aniq bo'ldi

«Napoli» Inisnening narxini belgiladi

«Barselona» skautlari «razvedka» qilish uchun Frantsiyaga borishdi

«Lil» Pepeni narxini e'lon qildi

«Shalke» Pepe uchun 25 million evro taklif qildi