Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:03
KirishRo'yxatdan o'tish
Levandovski Raulni ortda qoldirib, EChL to'purarlari ro'yhatida kuchli uchlikka kirdi
  24 Fevral, 02:35  18

.

Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvlaridan o'rin olgan bahsda “Bavariya“ “Latsio“ maydonida yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonmoqda.

Ushbu o'yinning to'qqizinchi daqiqasida raqib futbolchisi Mateo Musakkoning rimliklar darvozaboni Xose Reynaga noaniq uzatmasidan unumli foydalangan Levandovski o'z goli bilan hisobni ochdi.

Ushbu gol polyakning EChLda kiritgan 72-goli sifatida qayd etildi va ushbu ko'rsatgich bilan u “Real“ xamda “Shalke“ jamoalari sobiq futbolchisi Raulni ortda qoldirib Chempionlar ligasida eng ko'p gol urgan uchunchi futbolchiga aylandi. Bu borada Levandovski 134ta gol urgan Ronaldu hamda 119ta gol urgan Messidan ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»