12.07.2019, 23:00

Kurashchi qizlarimiz Osiyo chempionatini 3 ta medal bilan yakunlashdi


Ayni kunlarda Tailandning Chon Buri shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqada ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlar o'z yakuniga etdi.

Ushbu kun doirasida gilamga chiqqan ikki kurashchi qizimiz shohsupaga ko'tarildi. Dastlab -62 kilogamm vazn toifasida Aruxan Jumabaeva bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, vazni 72 kilogrammgacha bo'lgan kurashchi qizlar bahsida Svetlana Oknazarova kumush medal bilan taqdirlandi. Yurtdoshimiz hal qiluvchi bellashuvda Xitoy Taipeyi vakilasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Shu tariqa kurashchi qizlarimiz mazkur musobaqani 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Ertaga musobaqa doirasida erkin kurashchilar bahslarga kirishishadi.

 

Читайте также:

Kurashchi qizimiz Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi

Chon Buridan xushxabar davom etadi

Klassik kurashchilarimiz Osiyo chempionatinini ikki medal bilan boshlashdi

Yunon-rim kurashi. O'zbekistonlik Osiyo chempionatida bugun 4ta medal qo'lga kiritishdi

Yunon-rim kurashi ustalari Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi