11.07.2019, 21:20

Kurashchi qizimiz Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi

Tailandning Chon Buri shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlarga start berildi.

E'tiborlisi, unda -76 kilogramm vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz Shahribonu Ellieva musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz finalda xitoylik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Bu terma jamoamizning musobaqada qo'lga kiritgan oltinchi medali bo'ldi. Bungacha yunon-rim kurashi bellashuvida polvonlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg'arishgan edi.

Mavzu bo'yicha:

Chon Buridan xushxabar davom etadi

Yunon-rim kurashchilarimiz Osiyo chempionatiga chiroyli yakun yasab berishdi

Yunon-rim kurashi. O'zbekistonlik Osiyo chempionatida bugun 4ta medal qo'lga kiritishdi

Yunon-rim kurashi ustalari Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

Ayollar kurashi. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz kumush medalga sazovor bo'ldilar