13.07.2019, 10:00

Kunni xushxabar bilan qarshi olamiz: Universiadada dastlabki oltin va kumush medal qo'lga kiritildi


Italiyaning Neapol shahrida talabalar o'rtasida Butunjahon Universiada o'yinlari o'tkazilmoqda. Mazkur musobaqaning navbatdagi kun dasturi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Erkaklar o'rtasida juftlik yo'nalishida ishtirok etgan Sanjar Fayziev hamda Humoyun Sultonov delegatsiyamizning dastlabki oltin medaliga egalik qilishdi. Hamyurtlarimiz hal qiluvchi bahsda koreyalik raketka ustalariga qarshi kortga chiqib 7:6, 4:6 va 10:5 hisobida ustun keldilar.

Shuningdek, taekvondochimiz Niyoz Po'latov ham delegatsiyamiz hisobiga dastlabki kumush medalni taqdim qildi. -63 kilogramm vazn toifasida dayanga chiqqan Po'latov Xorvatiya, Italiya, Turkiya, Xitoy terma jamoasi vakillarini mag'lub etib finalgacha etib keldi. Biroq oltin medal uchun kechgan murosasiz jangda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ta'kidlash joiz, bellashuvning asosiy vaqti 10:10 hisobida yakunlandi. “Oltin ochko” uchun qo'shib berilgan vaqtda hamyurtimiz 2 ochkolik zarbani o'tkazib o'tkazib yubordi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil qilmoqda.

Читайте также:

Universiada-2019. Taekvondochimiz finalga chiqdi

O'zbekistonlik tennischi yigitlar Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi

Taekvondochilarimiz “Chuncheon Open” musobaqasini kumush medal bilan yakunlashdi

Universiada-2019: Terma jamoamiz hisobida yana ikki medal

Buenos-Ayres 2018. Gulbahor Fayzieva terma jamoamizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi!