13.10.2018, 00:30

Kumushxon Fayzullaeva o'smirlar Olimpiadasi chempioni!


Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda.

Biroz avval qizlar o'rtasida og'ir atletika bo'yicha -63 kg vazn toifasida bahslar yakuniga etdi. Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan Kumushxon Fayzullaeva O'zbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim etdi.

Hamyurtimiz dast ko'tarishda 94kg., siltab ko'tarishda esa 124kg., umumiy hisobda 218kg. natija ko'rsatdi va oltin medal sohibasiga aylandi

Bu O'zbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya o'yinlarida oltinchi medal hisoblanadi. Ularning 2tasi oltin, 2tasi kumush va yana 2tasi bronza medallaridir.

Читайте также:

Bizda navbatdagi medal: Muhammadqodir Toshtemtrov kumush medalga ega chiqdi!

O'smirlar Olimpiya o'yinlari. Dzyudochimiz oltin medalni qo'lga kiritdi!

Paraosiyo o'yinlari. Medallarimiz soni 15taga etdi

Osiyo o'yinlari. Sakkizinchi kunda 6 ta medal, Ruslandan oltin!

Osiyo o'yinlari. Doston Yoqubov kumush medal sohibiga aylandi