Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 15:04
KirishRo'yxatdan o'tish
Krishtianu Ronaldu top-5 ligalarda 78 ta jamoaga gol urdi. XXI asrda faqat bir futbolchi undan oldinda
  23 Fevral, 14:15  33

.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 23-turi doirasida «Krotone»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) dubl muallifiga aylandi.

Kalabriyaliklar klubi portugaliyalik futbolchi top-5 ligalarda gol urgan 78-jamoaga aylandi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, bu XXI asrdagi eng yaxshi ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi.

Faqat «Milan» forvardi Zlatan Ibrahimovich bu borada Ronaldudan oldinda. 2000—2021 yillar oralig'ida shvetsiyalik futbolchi kuchli beshlik ligalarida 79 ta klub darvozasini ishg'ol qilgan.

Ronaldu o'zi qarshi o'ynagan A Seriya 2020/21 yilgi mavsumi 18 jamoasining 18 tasiga ham gol urdi. Krishtianu 18 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida 1-o'ringa qaytdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»