13.07.2019, 17:30

Konte Nainggolan va Ikardini "Inter"ning taktik mashg'ulotlariga qo'ymayapti


"Inter" tomonidan transferga qo'yilgan yarimhimoyachi Raja Nainggolan va hujumchi Mauro Ikardi yangi bosh murabbiy Antonio Kontening taktika bo'yicha mashg'ulotlariga qo'yilmayapti.

Milan jamoasi Shveytsariyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Italiyalik mutaxassis bu futbolchilarning jismoniy mashg'ulotlarida ishtirok etishlariga qarshi emas. Ammo taktik mashg'ulotlar vaqtida umumiy guruhden chetlatilmoqdalar.

Shartnomasi amalda bo'lgan futbolchilarni mashg'ulotlarga qo'ymagani uchun "Inter" sanktsiyaga duch kelishi mumkin. Shartnoma shartlarini buzmaslik uchun "Inter" Ikardi va Nainggolan uchun maxsus mutaxassis yollagan va ular yakka tarzda shug'ullanmoqdalar. Bu mutaxassis yoshlar jamoasi murabbiyi Daniele Bernatstsanidir.

Читайте также:

Ikardi va Nainggolan "Inter"ning rejalariga kirmaydi

Konte "Inter"da Ikardini ko'rishni istamayapti

Ikardi umumiy mashg'ulotlarga qaytdi

"Inter" Nainggolanni sotishi mumkin

«Inter» futbolchisi futboldan vaqtincha chetlatildi