08.07.2019, 09:50

KONMEBOL Messini diskvalifikatsiya qilishi mumkin


Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi — KONMEBOL Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini diskvalifikatsiya qilishi mumkin.

Gap shundaki, "Barselona" sardori Amerika kubogi-2019 hakamlari va tashkilotchilarini bir necha marta tanqid ostiga oldi. Jumladan, Messi Braziliyaga qarshi bo'lib o'tgan yarim final o'yinidagi hakamlikni tanqid qilgan bo'lsa, Chiliga qarshi bo'lib o'tgan 3-o'rin uchun o'yinda Leo maydondan chetlatildi.

KONMEBOL futbolchini 2 yilga futboldan chetlatishi mumkin. Shunday bo'lsa, Messi Amerika kubogi-2020 va JCh-2022nri o'tkazib yuborishi mumkin. AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, KONMEBOL reglamentiga muvofiq futbolchi tashkilot va uning vakillarini haqorat qilishi mumkin emas.

KONMEBOL Messining tanqidiga quyidagicha javob qaytardi:

«Mazkur ayblovlar musobaqa, undagi futbolchilar, KONMEBOLning yuzlab xodimlariga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Tashkilot esa 2016 yildan beri mintaqada futbolni rivojlantirish ustidan ish olib bormoqda».

Читайте также:

KONMEBOL Messiga javob qaytardi

Amerika Kubogi-2020 Argentina va Kolumbiyada bo'lib o'tadi

KONMEBOL AQShning taklifini rad qildi

Gvardiola - Madriddagi Libertadores kubogi finali haqida: "Umid qilamanki, bu oxirgisi"

KONMEBOL JChni har ikki yilda o'tkazish taklifi bilan chiqdi