17.05.2019, 09:40

«Kelajak sari» xalqaro musobaqasi. «Bunyodkor» va «Lokomotiv» etakchiga aylanib oldi


Poytaxtimizda davom etayotgan "Kelajak sari" musobaqasida yarim finalchilar aniqlandi.

Guruhdagi uchrashuvlarning ikkitasini g'alaba, bittasini durang bilan yakunlagan «Bunyodkor» yarim final bosqichiga yo'l oldi.

Musobaqa nizomiga ko'ra, o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan to'rt jamoa 1-4 – o'rinlar uchun kurashni davom ettiradi.

Shunga ko'ra, Sergey Chigodaev murabbiyligidagi «Bunyodkor» ertaga «S» guruhi o'yinlarini birinchi o'rin bilan yakunlagan «Lokomotiv» jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin «Bunyodkor» akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi.

Uchrashuv soat 09:00da start oladi. Aytish kerak, mazkur juftlik g'olibi 19 may kuni finalda maydonga tushadi.

Yarim finalning ikkinchi juftligida «Andijon» - «Chig'atoy» jamoalari o'zaro hisob-kitob qiladi. Bu bellashuv ham ertaga «Bunyodkor» akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi. O'yin 17:00da boshlanadi.

Читайте также:

«Bunyodkor» «Andijon»ni Olmaliqda qabul qiladi

«Bunyodkor»ning ikki klubi Qozog'istonda xalqaro musobaqada ishtirok etdi

Pro liga «B» guruhiga qur'a tashlandi

«Navro'z Kubogi»ning 1/8 final uchrashuvlari bo'lib o'tdi

«Bunyodkor-2» ertaga PFL Kubogidagi ishtirokini boshlaydi