17.05.2019, 17:40

Kasilyas o'rnini Navas egallashi mumkin


Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylon Navas katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach jamoani tark etadi.

Sport Mediaset nashrining xabarga ko'ra 32 yoshli kosta-rikalik posbon faoliyatini "Portu"da davom ettirishi mumkin. Portugaliya grandi uni yaqinda yurak xurujiga uchragan va faoliyatini davom ettirmasligini ma'lum qilgan Iker Kasilyasga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, Navas “Real” safida 2014 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U joriy mavsum La Ligada bor yo'g'i 9ta o'yinda ishtirok etdi va o'z darvozasidan 6ta gol o'tkazib yubordi.

Читайте также:

Navas faoliyatini APL grandi safida davom ettrishi mumkin

Keylor Navas faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Navas qishda «Real»ni tark etishni istamoqda

Kasilyas faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Navas Turindan uy qidirmoqda