14.07.2019, 17:10

Joze Mourino nemis tilini o'rganmoqda


"Inter"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino milanliklar A seriyaning 2019/20 yilgi mavsumida chempion bo'lishlarini taxmin qildi va kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Neradzurri" bu mavsumda A seriya chempioni bo'lishlari kerak. Ularning buni uddalashlariga ishonaman.

Faoliyatimdagi navbatdagi qadam? Hozirda nemis tilini o'rganyapman, chunki bu menga etishmayotgan yagona til. Ingliz, ispan, portugal, frantsuz va italyan tillarida gaplasha olaman. Shunda Germaniyadan taklif varianti bo'lishi mumkin", - deydi Mourino.

Читайте также:

Mourino: "Pogba "MYu"dagi yagona muammom emasdi"

Mourino Italiyaga qaytishi mumkin

Lukaku Joze Mourino haqida gapirdi

Giggz: "Mourino"Manchester Yunayted"da qolishi kerak"

Mourino Ikardini "MYu"da ko'rmoqchi