12.06.2019, 10:40

Jeko: "Italiya bilan durangga munosib edik"


Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi hujumchisi Edin Jeko Evro-2020 saralashining 4-turida Italiyaga qarshi o'yinga (1:2) sharh berdi.

"Achinarli natija, chunki bundan ko'prog'iga munosib edik, durang haqqoniy natija bo'lar edi. Italiya haqiqatan yaxshi o'ynadi va tanaffusdan so'ng kuchliroq bo'ldi, ammo qarshi hujumda ikkinchi golni urishimiz mumkin edi. Buning o'rniga ikkita chiroyli gol o'tkazib yubordik. Barchasini avvalroq hal qilib qo'yishimiz kerak edi", - deydi Jeko.

Ushbu o'yindan so'ng J guruhida quyidagi vaziyat yuzaga keldi: Italiya 12 ochko bilan 1-o'rinda, Finlyandiya - 2-o'rinda, Armaniston - 3-o'rinda, Gretsiya - 4-o'rinda, Bosniya va Gretsegovina - 5-o'rinda. Lixtenshteyn esa oxirgi 6-o'rinda.

Читайте также:

Evro-2020 saralashi. Italiya – Bosniya 2:1 (videosharh)

Edin Jeko 100lik dovondan o'tdi

Gattuzo "Inter"ning kuchiga tan berdi

Gibraltar tarixda ilk marta bu natijaga erishdi

Jeko Bosniya termasida rekord qayd etdi