13.06.2019, 18:20

Jasur Jaloliddinov: «Drulovich – Evropa futbolini bizning futbolga moslashtirayotgan murabbiy»


O'zbekiston OTJ va Misr OTJ o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov saytimiz uchun  qisqa intervyu berdi.

- Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsam, o'yin biz xohlagandek kechdi. Uchrashuv oldidan nima reja qilgan bo'lsak barchasi amalga oshdi. Mana shu 12 kunlik yig'inda murabbiylar bizga nimalarni o'rgatgan bo'lishsa Misrga qarshi o'yinlarda bular amalga oshdi.

Raqib haqida fikr bildirsam, Misr ham kuchli jamoa ekan har doim ochiq futbol taklif qilarkan. Andijondagi ham Namangandagi o'yin ham qiziqarli o'tdi deb o'ylayman.

Drulovich umuman boshqacha murabbiy ekan. Evropa futbolini bizning futbolga moslashtirayotgan murabbiy desam adashmagan bo'laman. Mazkur yig'indan o'zimga kerakli bo'lgan ko'p narsalar oldim. Drulovich maydonda ko'zga tashlanmagan mayda xatolarimni ko'rsatib berdi. Hali xatolarim ko'pligini tushunib etdim. Umumiy qilib aytganda bu yig'indan ko'nglim to'ldi, sababi men OTJdagi debyutimni nishonladim.

Jaloliddin Qobiljonov yozib oldi.

Читайте также:

Lyubinko Drulovich: “Kuchli jamoani mag'lubiyatga uchratdik”

Lyubinko Drulovich: «Futbolchilar qanday raqibga qarshi maydonga tushishlarini yaxshi bilib turibdilar»

Bugun O'zbekiston OTJ Misrga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

17 yoshli Jasur Jaloliddinov OTJ yig'iniga chaqirildi

Kuper Misr va O'zbek futbolini taqqosladi