17.05.2019, 11:30

Jamshid Saidov: «Hakamlar? Bu haqida gapirish mening vazifamga kirmaydi»


O'zbekiston Superligasi 9-turidan o'rin “Andijon” hamda “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. O'yindan so'ng “burgutlar”ning yangi  bosh murabbiyi Jamshid Saidov quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Biz o'zbek futbolining eng kuchli jamoasiga qarshi o'ynadik. "Paxtakor" safida terma jamoamizning etakchi futbolchilari to'p tepishadi. Shogirdlarimga va Andijondan kelib qo'llab-quvvatlab turgan  muxlislarga rahmat aytaman.

Bu bilan  hayot to'xtab qolmaydi, biz ishlashd davom etamiz. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Endigina 9 o'yin o'z nihoyasiga etdi, hali oldinda o'yinlar ko'p.

Jamoa ikki yil Pro-ligada o'ynadi va o'yin borasida kamchiliklar bo'lishi tabiiy. Bu borada o'z ustimizda ish olib boramiz.

Bugungi o'yinda jamoaga nima etishmadi?

 - Futbol 90 daqiqa o'ynaladi. Uchrashuv so'nggida ikkita to'p o'tkazib yubordik. Futbolchilar konsentratsiyani yo'qotib qo'yishdi. Bugun g'alaba qozonishni istagan edik, ammo penalti, bahs so'nggidagi gol barchasini o'zgartirib yubordi.

- O'yinning Farg'onaga ko'chirilishi sizning rejangizga ta'sir o'tkazdimi?

Bellashuvning Farg'onada o'tgani ham ta'sir qildi. O'z uyingda minglab muxlis qarshisida o'ynash boshqacha. Ahir o'z uyingda devorlar ham yordam beradi. Balki o'yin umuman boshqacha kechgan bo'lar edi.

- O'yindagi hakamlik haqida nima deya olasiz?

Hakamlar haqida gapirish mening vazifamga kirmaydi va bu borada biror narsa deya olmayman"- deya Saidov so'zlarini keltiradi Stadion.uz muxbiri Jaloliddin Qobiljonov.

Читайте также:

Shota Arveladze: «Raqib yaxshi kurashdi, ammo biz g'alabaga haqli edik»

Jamshid Saidov: «Afsus…»

Jamshid Saidov: «Mag'lubiyatdan so'ng nima deyishga ham hayronman»

Osiyo Kubogi kundaligi. So'nggi kun: Biz hali o'z so'zimizni aytamiz!

Ilxom Mo'minjonov: «Navbahor» maydonga qarab o'ynamaydi»